🛍 Do'konlar katalogi Telegram orqali buyurtma
Telegram Mini App · 1 ta do'kon ishlayapti

Telegram do'koningiz — o'zi to'ladigan mini ilova

Kanalingizga rasm tashlaysiz — mahsulot nomi, tavsifi va narxi o'zi yoziladi, do'kon to'ladi, mijoz esa Telegramdan chiqmasdan buyurtma beradi. Sayt yasash, dastur o'rnatish va oylik to'lov kerak emas.

0ishlayotgan do'kon
0mahsulot
0imkoniyat
24/7AI yordamchi

Boshlash

Beshta qadam — birinchi kunning o'zida

Do'kon ochishdan birinchi buyurtmagacha bo'lgan yo'l. Har bir qadam Telegramning ichida bajariladi.

1

Do'kon

Telegramda ilovani ochasiz, do'kon nomi, manzili va ish vaqtini yozasiz. Ro'yxatdan o'tish, parol va karta kerak emas.

2

Mahsulot

Botga rasm yuborasiz — nomi, tavsifi va narxi o'zi tayyorlanadi, siz faqat tasdiqlaysiz.

3

Kanal

Telegram kanalingiz ulansa, undagi yangi postlar do'konga o'zi tushadi.

4

Buyurtma

Mijoz buyurtma berganda sizga xabar keladi. Omborchi har bir mahsulotni belgilaydi, mijoz esa jarayonni kuzatib turadi.

5

Google

Har bir mahsulot va do'kon uchun ochiq sahifa yasaladi — sizni Telegramdan tashqarida ham topishadi.

Sinab ko'rish

Demo do'kon — o'zingiz bosib ko'ring

Bu maket emas, ishlaydigan do'kon

Tugma Telegram ilovasini demo do'kon ochilgan holda ishga tushiradi. Katalog, kategoriyalar, qidiruv, savat, rasmiylashtirish va buyurtmani kuzatish — hammasi haqiqiy do'kondagi kod bilan ishlaydi.

  • Ro'yxatdan o'tish va karta kerak emas
  • Savatga qo'shib, buyurtma berib ko'rsangiz bo'ladi
  • Demo buyurtma hech kimning chatiga tushmaydi
  • O'z do'koningiz bunga hech qanday ta'sir ko'rmaydi

Imkoniyatlar

Loyihaning 51 ta imkoniyati

Hammasi bitta ilovada: mahsulot yaratishdan onlayn to'lovgacha, Telegram kanalidan Google qidiruvigacha.

🤖

AI — mahsulotni siz emas, ilova yozadi

Do'konni to'ldirish eng ko'p vaqt oladigan ish edi. Endi u rasm tashlashdan iborat.

🖼

Rasmdan mahsulot

Botga mahsulot rasmini yuborasiz — nomi, tavsifi, kategoriyasi va narxi tayyor bo'ladi. Siz faqat tasdiqlaysiz.

📡

Kanaldan avtomatik import

Telegram kanalingiz ulansa, undagi yangi postlar navbat bilan do'konga o'zi tushadi. Qo'lda ko'chirish kerak emas.

👥

Guruhdan import

Yetkazib beruvchi guruhiga tashlangan rasm ham mahsulotga aylanadi. Javob esa guruhga emas, sizga shaxsiy keladi.

🔄

Rasmni qayta yaratish

Yoqmagan rasmni bitta tugma bilan qaytadan yasatasiz — mahsulotni o'chirib, qaytadan qo'shish shart emas.

🗂

Albom bitta mahsulot

Bir postdagi bir nechta rasm alohida mahsulot bo'lib tarqalmaydi — hammasi bitta kartochkaga yig'iladi.

💸

Narxga ustama

Bot qo'shgan narxga avtomatik ustama qo'shilishi mumkin. Sozlamada yoqiladi, standart holatda o'chiq — narxni biz o'zboshimchalik bilan oshirmaymiz.

🔌

AI ni butunlay o'chirish

Bitta kalit AI ni do'konning hamma joyida o'chiradi. Do'kon AI siz ham to'liq ishlaydi: mahsulotni qo'lda qo'shish tegilmagan.

🧠

Avtora AI yordamchisi

Do'kon haqidagi savolga javob beradi. Hech narsani o'zgartirmaydi — faqat o'qiydi.

💬

Botda: /avtora

"Bugun nechta buyurtma bo'ldi?", "Tavsifsiz mahsulotlarim qaysi?" — savol yozasiz, javob keladi. Har bir so'rov faqat SIZNING do'koningizni ko'radi.

🎧

Ilovada: Support 24/7

Profil → Support 24/7. Do'kon egasiga o'z do'koni bo'yicha, xaridorga do'konning ochiq ma'lumoti bo'yicha javob beradi.

🛡

Xaridor yordamchisida asbob yo'q

Mijoz oynasidagi yordamchi buyurtmalarni ham, telefon raqamlarini ham o'qiy olmaydi — o'qish asboblari unga umuman berilmagan.

⏱

Kunlik chegara

Har bir do'kon uchun alohida hisob yuritiladi. Botdagi suhbat ilovadagi supportni yopib qo'ymaydi.

📱

Mijoz ilovasi

Wildberries uslubidagi do'kon — Telegramning ichida, o'rnatishsiz.

🧱

Zich karta to'ri

Telefonda doim ikki ustun, tik rasm, narx birinchi. Mahsulot yuklanguncha skelet kartalar turadi — ekran bo'sh qolmaydi.

🏷

Kategoriyalar

Chipni bosib ham, to'rni yonga surib ham almashtiriladi. Harakat barmoqni kuzatadi.

🔍

Qidiruv

Aylantirilganda tepada faqat qidiruv qatori qoladi — do'kon nomi joy egallamaydi.

📷

Shtrix-kod skaneri

Kamerani mahsulotga tutasiz — u do'kondan topiladi. AI kerak emas, kamerada o'qiladi.

🪄

Rasmga olib topish

Kerakli narsaning rasmini olasiz, ilova o'xshashini ko'rsatadi.

🎞

Reels

Mahsulotlar to'liq ekranda, birin-ketin. Yurak bosiladi, izoh yoziladi.

💭

Izohlar

Har bir mahsulot ostida — o'qishni hamma, yozishni Telegram foydalanuvchisi qiladi. O'z izohini muallif ham, do'kon ham o'chira oladi.

📏

O'lcham va rang

Variantlar pastki varaqda tanlanadi. Tanlanmaguncha savatga qo'shib bo'lmaydi — ko'rmagan narsangiz savatga tushmaydi.

🛒

Savat

Har bir qatorda rasm va belgilash katakchasi. Belgisi olingan mahsulot buyurtmaga tushmaydi, lekin savatda qoladi.

👤

Profil

Buyurtmalar, do'kon haqida va boshqa do'konlar — bitta joyda. Do'kon egasiga o'sha qator MIJOZLARDAN kelgan buyurtmalarni ochadi.

🚚

Buyurtma, ombor va to'lov

Buyurtma berilgandan yetkazilgunicha — har qadam ko'rinib turadi.

🔔

Buyurtma — darhol Telegramga

Mijoz rasmiylashtirgan zahoti sizga xabar keladi: nima, nechta, kim va qayerga.

📦

Omborchi uchun alohida havola

Har bir mahsulot "bor / yo'q" deb belgilanadi. Omborchiga admin panel ham, parol ham kerak emas.

👀

Mijoz jarayonni kuzatadi

O'sha sahifaning ko'rish-uchun havolasi mijozga beriladi — u yig'ilishni real vaqtda ko'radi.

🗺

Xarita bilan manzil

Ignani ko'chirib manzil tanlanadi. Sputnik va oddiy ko'rinish, manzil bo'yicha qidiruv bor.

📞

Telefon bir bosishda

Telegram raqamni o'zi beradi — mijoz uni qo'lda terib o'tirmaydi. Kiritilgani esa keyingi safar uchun eslab qolinadi.

🏬

Yetkazish yoki olib ketish

Ikki yo'l ham bor. Olib ketishda manzil qatori umuman chiqmaydi.

💳

Onlayn to'lov (Payme)

Karta ma'lumoti bizga umuman kelmaydi — mijoz Payme sahifasida to'laydi. Buyurtma faqat Payme tasdiqlaganda "to'langan" bo'ladi.

🧮

Qoldiq hisobi

Qoldig'i yuritilayotgan mahsulot sotilganda kamayadi. Qoldig'i kiritilmaganida esa cheklov qo'yilmaydi — do'kon buyurtmasiz qolmaydi.

🔗

Mehmon ham izsiz qolmaydi

Telegramsiz berilgan buyurtmaga kuzatish havolasi beriladi — u oddiy brauzerda ochiladi.

⚙️

Do'kon boshqaruvi

Admin panel — telefonda ochiladi, alohida dastur o'rnatish kerak emas.

➕

Qo'shish

Forma va shtrix-kod skaneri. Rasm tanlanganda AI nom va tavsifni o'zi yozadi — kerak bo'lmasa o'sha yerdagi kalit bilan o'chiriladi.

📋

Mahsulotlar ro'yxati

To'liq ro'yxat, nom va shtrix-kod bo'yicha qidiruv bilan. Minglab qator bo'lsa ham bo'lak-bo'lak chiziladi.

🏪

Do'kon ma'lumotlari

Nom, manzil, telefon, ish vaqti va do'kon rasmi. Rasm tanlangan zahoti saqlanadi.

🧑‍🤝‍🧑

Xodimlar

Do'konni yolg'iz yuritish shart emas — xodim qo'shiladi va u ham panelga kiradi.

🔁

Do'konni boshqa egaga o'tkazish

Mahsulot, buyurtma, xodim va kanal — hammasi do'kon bilan birga o'tadi. Ikkala tomonga xabar boradi.

🔳

Do'kon QR kodi

Vizitka, e'lon varaqasi yoki do'kon eshigi uchun. QR Telegramingizga fayl bo'lib keladi — siqilmaydi, ya'ni kamera o'qiy oladi.

💾

Zaxira nusxasi

Bir tugma — butun do'kon ma'lumoti Telegramingizga fayl bo'lib keladi. Nusxa faqat SIZNING do'koningizniki.

🌱

Do'kon bo'sh ochilmaydi

Yangi do'konda namuna mahsulotlar va aksiya bannerlari turadi — birinchi ekran oq bo'lib qolmaydi. Ular Google'ga chiqmaydi va tarif chegarasiga sanalmaydi.

📣

Telegram kanalingiz

Do'kondagi mahsulot kanalda ham turadi — obunachi eng yuqori niyatli xaridor.

📬

Avtomatik post

Mahsulot qo'shilganda kanalga rasm, nom va narx bilan post ketadi. Qo'lda qo'shilgani ham, bot qo'shgani ham.

🛍

"Buyurtma berish" tugmasi

Post ostidagi tugma obunachini aynan o'sha mahsulot ochilgan holda ilovaga olib boradi.

✏️

Post yangilanadi

Narx yoki nom o'zgarsa post ham yangilanadi, mahsulot o'chirilsa post olib tashlanadi.

🔒

Kanal — har do'konniki

Har bir do'kon o'z kanaliga post qiladi. Kanal ulanmagan bo'lsa post umuman yuborilmaydi — begona kanalga tushib qolmaydi.

🔎

Google va Yandex

Telegram ichidagi do'kon qidiruvda ko'rinmaydi. Shu sababli har bir do'konga ochiq sahifa yasaladi.

📄

Har mahsulotga alohida sahifa

Nom, narx, tavsif va rasm — tayyor matn ko'rinishida. Robot uchun JavaScript kerak emas.

🏷

Do'kon sahifasi

Do'koningiz o'z NOMI bilan qidiruvdan chiqadi va u yerdan to'g'ri ilovaga o'tiladi.

🗺

Sitemap va structured data

Manzillar ro'yxati va mahsulot ma'lumoti Google kutgan shaklda beriladi.

⚡

IndexNow

Yangi mahsulot qo'shilganda Bing va Yandex darhol xabardor qilinadi — sitemap kezilishini kutmaydi.

🚀

Qidiruvga chiqarish tugmasi

Sozlamalardagi bitta tugma do'kon va mahsulot manzillarini yuboradi. Google uchun esa Search Console ochiladi.

📊

Statistika va xarid yo'li

"Nega savdo yo'q?" degan savolga taxmin emas, raqam bilan javob beriladi.

📈

Savdo statistikasi

Buyurtmalar, tushum, mahsulotlar — kunlik ko'rinishda.

🪜

Xarid yo'li (voronka)

Ochdi → mahsulotga bosdi → savatga qo'shdi → rasmiylashtirishga o'tdi → buyurtma berdi. Qaysi qadamda odam ketayotgani ko'rinadi.

🔻

Eng katta yo'qotish

Hisobot ostida xulosa yoziladi: aynan qaysi qadam tuzatilishi kerak.

🕶

Shaxsiy ma'lumot saqlanmaydi

O'lchov faqat qadamlarni sanaydi — ism, telefon va manzil bu jadvalga hech qachon yozilmaydi.

Tariflar

Bepul boshlanadi

Har bir do'kon START tarifida ochiladi — karta ham, to'lov ham so'ralmaydi. Tarifni keyinchalik ilovadagi profil yoki admin panel orqali o'zgartirasiz.

START
Bepul

Do'kon, mahsulotlar va buyurtmalar

  • 10 tagacha mahsulot
  • Mini app va buyurtmalar
  • Sozlamalar yopiq
Bepul boshlash
PRO
99 000 so'm/oy

Cheksiz mahsulot va do'kon sozlamalari

  • Cheksiz mahsulot
  • Mahsulot kanali
  • Zaxira nusxasi
  • Qidiruvga chiqarish
  • AI va import YOPIQ
Tanlash
PREMIUM
110 000 so'm/oy

Cheklovsiz — AI bilan birga

  • PRO dagi hammasi
  • AI: rasmdan mahsulot yaratish
  • Kanal va guruhdan import
  • Narxga ustama, /avtora
Tanlash

Pullik tarif so'rovi admin paneldan yuboriladi va qo'lda yoqiladi — obuna pulini oldindan yechib olmaymiz.

Savollar

Tez-tez so'raladi

Do'kon ochish pullikmi?

START tarifi bepul: 10 tagacha mahsulot, mini app va buyurtmalar. Cheksiz mahsulot va sozlamalar uchun PRO, AI va import uchun PREMIUM tarifi bor.

Sayt yasash yoki dastur o'rnatish kerakmi?

Yo'q. Do'kon Telegramning ichida ishlaydi — mijoz ilovadan chiqmasdan buyurtma beradi. Sizga faqat Telegram kerak.

Mahsulotlarni qo'lda kiritish kerakmi?

Shart emas. Botga rasm yuborasiz va nom, tavsif, kategoriya, narx o'zi tayyorlanadi. Telegram kanalingiz ulansa, postlar do'konga o'zi tushadi.

Mijozlar meni Google'dan topa oladimi?

Ha. Har bir do'kon va mahsulot uchun ochiq sahifa yasaladi, sitemap e'lon qilinadi va yangi mahsulot haqida Bing bilan Yandex darhol xabardor qilinadi.

Onlayn to'lovni qabul qila olamanmi?

Ha, Payme orqali. Karta ma'lumoti do'konga umuman kelmaydi — mijoz to'lovni Payme sahifasida bajaradi.

AI yoqmasa o'chirsa bo'ladimi?

Ha, bitta kalit AI ni butun do'konda o'chiradi. Do'kon AI siz ham to'liq ishlaydi: mahsulot admin paneldan qo'lda qo'shilaveradi.

Katalog

Hozir ishlayotgan do'konlar

Har bir do'konning o'z sahifasi bor — Google ham, mijoz ham shu yerdan topadi.

Do'koningiz bugun ochilsin

Telegramda ilovani ochasiz, do'kon nomini yozasiz va birinchi rasmni yuborasiz — qolganini ilova qiladi.