Rasmdan mahsulot
Botga mahsulot rasmini yuborasiz — nomi, tavsifi, kategoriyasi va narxi tayyor bo'ladi. Siz faqat tasdiqlaysiz.
Kanalingizga rasm tashlaysiz — mahsulot nomi, tavsifi va narxi o'zi yoziladi, do'kon to'ladi, mijoz esa Telegramdan chiqmasdan buyurtma beradi. Sayt yasash, dastur o'rnatish va oylik to'lov kerak emas.
Boshlash
Do'kon ochishdan birinchi buyurtmagacha bo'lgan yo'l. Har bir qadam Telegramning ichida bajariladi.
Telegramda ilovani ochasiz, do'kon nomi, manzili va ish vaqtini yozasiz. Ro'yxatdan o'tish, parol va karta kerak emas.
Botga rasm yuborasiz — nomi, tavsifi va narxi o'zi tayyorlanadi, siz faqat tasdiqlaysiz.
Telegram kanalingiz ulansa, undagi yangi postlar do'konga o'zi tushadi.
Mijoz buyurtma berganda sizga xabar keladi. Omborchi har bir mahsulotni belgilaydi, mijoz esa jarayonni kuzatib turadi.
Har bir mahsulot va do'kon uchun ochiq sahifa yasaladi — sizni Telegramdan tashqarida ham topishadi.
Sinab ko'rish
Tugma Telegram ilovasini demo do'kon ochilgan holda ishga tushiradi. Katalog, kategoriyalar, qidiruv, savat, rasmiylashtirish va buyurtmani kuzatish — hammasi haqiqiy do'kondagi kod bilan ishlaydi.
Imkoniyatlar
Hammasi bitta ilovada: mahsulot yaratishdan onlayn to'lovgacha, Telegram kanalidan Google qidiruvigacha.
Do'konni to'ldirish eng ko'p vaqt oladigan ish edi. Endi u rasm tashlashdan iborat.
Botga mahsulot rasmini yuborasiz — nomi, tavsifi, kategoriyasi va narxi tayyor bo'ladi. Siz faqat tasdiqlaysiz.
Telegram kanalingiz ulansa, undagi yangi postlar navbat bilan do'konga o'zi tushadi. Qo'lda ko'chirish kerak emas.
Yetkazib beruvchi guruhiga tashlangan rasm ham mahsulotga aylanadi. Javob esa guruhga emas, sizga shaxsiy keladi.
Yoqmagan rasmni bitta tugma bilan qaytadan yasatasiz — mahsulotni o'chirib, qaytadan qo'shish shart emas.
Bir postdagi bir nechta rasm alohida mahsulot bo'lib tarqalmaydi — hammasi bitta kartochkaga yig'iladi.
Bot qo'shgan narxga avtomatik ustama qo'shilishi mumkin. Sozlamada yoqiladi, standart holatda o'chiq — narxni biz o'zboshimchalik bilan oshirmaymiz.
Bitta kalit AI ni do'konning hamma joyida o'chiradi. Do'kon AI siz ham to'liq ishlaydi: mahsulotni qo'lda qo'shish tegilmagan.
Do'kon haqidagi savolga javob beradi. Hech narsani o'zgartirmaydi — faqat o'qiydi.
"Bugun nechta buyurtma bo'ldi?", "Tavsifsiz mahsulotlarim qaysi?" — savol yozasiz, javob keladi. Har bir so'rov faqat SIZNING do'koningizni ko'radi.
Profil → Support 24/7. Do'kon egasiga o'z do'koni bo'yicha, xaridorga do'konning ochiq ma'lumoti bo'yicha javob beradi.
Mijoz oynasidagi yordamchi buyurtmalarni ham, telefon raqamlarini ham o'qiy olmaydi — o'qish asboblari unga umuman berilmagan.
Har bir do'kon uchun alohida hisob yuritiladi. Botdagi suhbat ilovadagi supportni yopib qo'ymaydi.
Wildberries uslubidagi do'kon — Telegramning ichida, o'rnatishsiz.
Telefonda doim ikki ustun, tik rasm, narx birinchi. Mahsulot yuklanguncha skelet kartalar turadi — ekran bo'sh qolmaydi.
Chipni bosib ham, to'rni yonga surib ham almashtiriladi. Harakat barmoqni kuzatadi.
Aylantirilganda tepada faqat qidiruv qatori qoladi — do'kon nomi joy egallamaydi.
Kamerani mahsulotga tutasiz — u do'kondan topiladi. AI kerak emas, kamerada o'qiladi.
Kerakli narsaning rasmini olasiz, ilova o'xshashini ko'rsatadi.
Mahsulotlar to'liq ekranda, birin-ketin. Yurak bosiladi, izoh yoziladi.
Har bir mahsulot ostida — o'qishni hamma, yozishni Telegram foydalanuvchisi qiladi. O'z izohini muallif ham, do'kon ham o'chira oladi.
Variantlar pastki varaqda tanlanadi. Tanlanmaguncha savatga qo'shib bo'lmaydi — ko'rmagan narsangiz savatga tushmaydi.
Har bir qatorda rasm va belgilash katakchasi. Belgisi olingan mahsulot buyurtmaga tushmaydi, lekin savatda qoladi.
Buyurtmalar, do'kon haqida va boshqa do'konlar — bitta joyda. Do'kon egasiga o'sha qator MIJOZLARDAN kelgan buyurtmalarni ochadi.
Buyurtma berilgandan yetkazilgunicha — har qadam ko'rinib turadi.
Mijoz rasmiylashtirgan zahoti sizga xabar keladi: nima, nechta, kim va qayerga.
Har bir mahsulot "bor / yo'q" deb belgilanadi. Omborchiga admin panel ham, parol ham kerak emas.
O'sha sahifaning ko'rish-uchun havolasi mijozga beriladi — u yig'ilishni real vaqtda ko'radi.
Ignani ko'chirib manzil tanlanadi. Sputnik va oddiy ko'rinish, manzil bo'yicha qidiruv bor.
Telegram raqamni o'zi beradi — mijoz uni qo'lda terib o'tirmaydi. Kiritilgani esa keyingi safar uchun eslab qolinadi.
Ikki yo'l ham bor. Olib ketishda manzil qatori umuman chiqmaydi.
Karta ma'lumoti bizga umuman kelmaydi — mijoz Payme sahifasida to'laydi. Buyurtma faqat Payme tasdiqlaganda "to'langan" bo'ladi.
Qoldig'i yuritilayotgan mahsulot sotilganda kamayadi. Qoldig'i kiritilmaganida esa cheklov qo'yilmaydi — do'kon buyurtmasiz qolmaydi.
Telegramsiz berilgan buyurtmaga kuzatish havolasi beriladi — u oddiy brauzerda ochiladi.
Admin panel — telefonda ochiladi, alohida dastur o'rnatish kerak emas.
Forma va shtrix-kod skaneri. Rasm tanlanganda AI nom va tavsifni o'zi yozadi — kerak bo'lmasa o'sha yerdagi kalit bilan o'chiriladi.
To'liq ro'yxat, nom va shtrix-kod bo'yicha qidiruv bilan. Minglab qator bo'lsa ham bo'lak-bo'lak chiziladi.
Nom, manzil, telefon, ish vaqti va do'kon rasmi. Rasm tanlangan zahoti saqlanadi.
Do'konni yolg'iz yuritish shart emas — xodim qo'shiladi va u ham panelga kiradi.
Mahsulot, buyurtma, xodim va kanal — hammasi do'kon bilan birga o'tadi. Ikkala tomonga xabar boradi.
Vizitka, e'lon varaqasi yoki do'kon eshigi uchun. QR Telegramingizga fayl bo'lib keladi — siqilmaydi, ya'ni kamera o'qiy oladi.
Bir tugma — butun do'kon ma'lumoti Telegramingizga fayl bo'lib keladi. Nusxa faqat SIZNING do'koningizniki.
Yangi do'konda namuna mahsulotlar va aksiya bannerlari turadi — birinchi ekran oq bo'lib qolmaydi. Ular Google'ga chiqmaydi va tarif chegarasiga sanalmaydi.
Do'kondagi mahsulot kanalda ham turadi — obunachi eng yuqori niyatli xaridor.
Mahsulot qo'shilganda kanalga rasm, nom va narx bilan post ketadi. Qo'lda qo'shilgani ham, bot qo'shgani ham.
Post ostidagi tugma obunachini aynan o'sha mahsulot ochilgan holda ilovaga olib boradi.
Narx yoki nom o'zgarsa post ham yangilanadi, mahsulot o'chirilsa post olib tashlanadi.
Har bir do'kon o'z kanaliga post qiladi. Kanal ulanmagan bo'lsa post umuman yuborilmaydi — begona kanalga tushib qolmaydi.
Telegram ichidagi do'kon qidiruvda ko'rinmaydi. Shu sababli har bir do'konga ochiq sahifa yasaladi.
Nom, narx, tavsif va rasm — tayyor matn ko'rinishida. Robot uchun JavaScript kerak emas.
Do'koningiz o'z NOMI bilan qidiruvdan chiqadi va u yerdan to'g'ri ilovaga o'tiladi.
Manzillar ro'yxati va mahsulot ma'lumoti Google kutgan shaklda beriladi.
Yangi mahsulot qo'shilganda Bing va Yandex darhol xabardor qilinadi — sitemap kezilishini kutmaydi.
Sozlamalardagi bitta tugma do'kon va mahsulot manzillarini yuboradi. Google uchun esa Search Console ochiladi.
"Nega savdo yo'q?" degan savolga taxmin emas, raqam bilan javob beriladi.
Buyurtmalar, tushum, mahsulotlar — kunlik ko'rinishda.
Ochdi → mahsulotga bosdi → savatga qo'shdi → rasmiylashtirishga o'tdi → buyurtma berdi. Qaysi qadamda odam ketayotgani ko'rinadi.
Hisobot ostida xulosa yoziladi: aynan qaysi qadam tuzatilishi kerak.
O'lchov faqat qadamlarni sanaydi — ism, telefon va manzil bu jadvalga hech qachon yozilmaydi.
Tariflar
Har bir do'kon START tarifida ochiladi — karta ham, to'lov ham so'ralmaydi. Tarifni keyinchalik ilovadagi profil yoki admin panel orqali o'zgartirasiz.
Do'kon, mahsulotlar va buyurtmalar
Cheksiz mahsulot va do'kon sozlamalari
Cheklovsiz — AI bilan birga
Pullik tarif so'rovi admin paneldan yuboriladi va qo'lda yoqiladi — obuna pulini oldindan yechib olmaymiz.
Savollar
START tarifi bepul: 10 tagacha mahsulot, mini app va buyurtmalar. Cheksiz mahsulot va sozlamalar uchun PRO, AI va import uchun PREMIUM tarifi bor.
Yo'q. Do'kon Telegramning ichida ishlaydi — mijoz ilovadan chiqmasdan buyurtma beradi. Sizga faqat Telegram kerak.
Shart emas. Botga rasm yuborasiz va nom, tavsif, kategoriya, narx o'zi tayyorlanadi. Telegram kanalingiz ulansa, postlar do'konga o'zi tushadi.
Ha. Har bir do'kon va mahsulot uchun ochiq sahifa yasaladi, sitemap e'lon qilinadi va yangi mahsulot haqida Bing bilan Yandex darhol xabardor qilinadi.
Ha, Payme orqali. Karta ma'lumoti do'konga umuman kelmaydi — mijoz to'lovni Payme sahifasida bajaradi.
Ha, bitta kalit AI ni butun do'konda o'chiradi. Do'kon AI siz ham to'liq ishlaydi: mahsulot admin paneldan qo'lda qo'shilaveradi.
Katalog
Har bir do'konning o'z sahifasi bor — Google ham, mijoz ham shu yerdan topadi.
Telegramda ilovani ochasiz, do'kon nomini yozasiz va birinchi rasmni yuborasiz — qolganini ilova qiladi.